Keling, tanishaylik!

Skuter

Salom! Mening ismim Skuter.

Men sayyoramizni vayron qilinishida omon qolgan to‘rt do‘stdan biriman.  Afsuski, men oyoqlarimni yo‘qotib qo‘ydim.  Biroq, bu mening qo‘llarimni yanada kuchayishiga yordam berdi.  Endi men hammaga qo‘llarim bilan yordam berishim mumkin.

Mening maxsus qobiliyatim – bu jamoaviy ish!

Sentimo

Salom! Mening ismim Sentimo.

Sayyoramiz vayron bo‘lganida, men dunyoni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdim.  Buning o‘rniga, men yuragim bilan qanday ko‘rish va his qilishni o‘rgandim, boshqalar nimani his qilishini va nimaga muhtojligini tushuna boshladim.

Mening maxsus qobiliyatim – bu hamdardlik!

Signal

Salom! Men Signalman.

Mening tanam ham o‘zgardi.  Men endi og‘zim bilan gapira olmayman, ammo men maxsus vositalar bilan muloqot qilishni o‘rgandim va juda sabr-toqatli ajoyib tinglovchiga aylandim.

Mening maxsus qobiliyatim - bu nizolarni hal qilishdir!

Intella

Salom! Mening ismim Intella.

Boshimga zarar yetganda, miyam kattalasha boshladi.  Endi menda ma’lumotlarni tezda tushunish va tahlil qilish, savollarga javob topish va ijodiy fikrlash kabi ko’nikmalar rivojlandi.

Mening maxsus qobiliyatim – bu tanqidiy fikrlashdir!

Chuka

O‘zimni tanishtirishga ijozat bering.

Mening ismim Chuka.  Men 13 yoshdaman va ba‘zan tushlarimda mahluqlarga qarshi kurashaman.

Men ularni mag‘lub qila olaman – menga qo‘shiling va qanday qilib ekanligini bilib oling!

build 261 7a6099f 04/03/2020 01:24:39